OLX rebrending o‘tkazdi: logotip, shior va platforma dizayni yangilandi

Fan-texnika 19:00 / 08.06.2020 7035

Yangilangan dizayn platformaning yangi “Aqlli tanlov” falsafasini aks ettiradi — platforma foydalanuvchilarga taqdim etilgan ko‘plab tovar va mahsulotlar orasidan eng yaxshisini tanlashga yordam berish istagida namoyon bo‘ladi.

Platforma funksionalida nimalar o‘zgardi? 

1. Hammasi osonlashdi. E'lonlarni joylashtirish va so‘rovlarni olish har qachongidan ham osonroq bo‘ldi. Qulay panel sizga xabarlar, e'lonlar va telefoningizdagi profilingiz orasida tezda harakat qilishga imkon beradi.

2. Yanada tezlashdi. Endi qidiruv natijalarini qidiruv sahifasining o‘zidayoq, darhol saralashingiz mumkin.

3. Yangi, qulay funksiyalarga ega bo‘ldi. Sevimli e'lonlaringizni "Saralangan" bo‘limida saqlash va telefon batareyasini saqlashga yordam beradigan qora ranglardagi interfeysni tanlash imkoni paydo bo‘ldi.

Yangilangan OLX xizmati ilovasini Android, iOS smartfonlariga o‘rnatish mumkin.

OLX O‘zbekiston direktori Doniyorbek Turg‘unov ushbu voqeani sharhlar ekan, bu haqida shunday dedi:

"Biz foydalanuvchilarning xohish-istaklarini diqqat bilan tinglaymiz va OLX xizmatini yanada qulay, sodda va zamonaviyroq qilishga intilamiz. Rebrending nafaqat tashqi ko‘rinishni yangilash, balki xizmatimizga qulay xususiyatlarni qo‘shishni ham o‘z ichiga oldi. Ushbu o‘zgarishlar foydalanuvchilarga kerakli mahsulotlar, xizmatlar yoki tezroq ish topishga yordam beradi, shuningdek e'lonlarni joylashtirishni ham ancha soddalashtiradi".

5 yil davomida OLX O‘zbekiston platformasiga 100 million marta tashrif buyurildi. Foydalanuvchilar 12 millionta e'lon joylashtirdilar va 20 ming mahsulotni xayriya qildilar.

Sayt yordamida foydalanuvchilar 400 mingdan ortiq mashina, 150 mingta kvartira va uylarni sotib olishga ulgurishdi.

Platforma bilan birgalikda, foydalanuvchilar oilalar qurishdi, to‘y uchun jami 2 mingta to‘y liboslari va aksessuarlari, shuningdek 20 mingga yaqin bolalar aravachalarini sotib oldilar.

Kimdir esa musiqaga o‘rgangan – o‘tgan vaqt davomida ular 22 mingta musiqa asboblarini sotib olishgan.

OLX “Ish” bo‘limida ish qidiruvchilar 314 mingta rezyume, ish beruvchilar esa 395 mingta bo‘sh ish o‘rni haqida e'lonlar joylashtirdilar.

Yangi OLX.uz’ga albatta kirib ko‘ring va Android, iOS qurilmalaringizdagi ilovani eng so‘nggi versiyasiga yangilang!

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: