Yangi yil bayramlari va ularga hamroh bo‘lgan ta'tillarga juda oz vaqt qoldi, ularni qayerda o‘tkazish haqida o‘ylash vaqti keldi. Ko‘pchilik mamnuniyat bilan shaharni tark etadi va “tabiat” qo‘yniga o‘zini otadi. Ajoyib variant – barcha sharoitlarga ega qulay dalahovli: issiq, yengil, qulay va iliq atmosfera. Agar tabiat qo‘ynida bunday uyingiz bo‘lmasa, OLX yangi 2022 yilning ilk kunlarini ochiq havoda va shahar shovqinidan uzoqda o‘tkazish, kutib olish va yashash uchun ko‘plab dalahovli variantlarini taklif etadi.
Hashamatli va boy - 67 ta e'lon
Kunlik ijara narxi 5 000 000 so‘mdan boshlanadigan eng hashamatli variantlarini ko‘rib chiqing. Bu dalahovlilarda sport zal va qishki hovuzdan tortib bilyard xonasi, kamin va karaokegacha bor. Narxlari bo‘yicha yetakchi bo‘lgan variant kuniga qariyb 19 mln so‘mga tushadi – banket zali bo‘lgan o‘n xonali kottej, panjarali zinapoya, uy ichidagi bolalar maydonchasi, golf maydonchasi va bouling. Qolgan qulayliklar – internet, konditsioner va maishiy texnika, fin va turk saunalari va boshqalar – bu toifadagi barcha turar joy variantlariga xos bo‘lgani kabi.
1-5 milliongacha - 816 ta e'lon
Dalahovlilarning eng xilma-xil toifasi 1 000 000 so‘mdan 5 000 000 so‘mgacha bo‘lgan narx oralig‘iga kiritilgan. Ular turli xil qiziqarli variantlarni taklif qilshadi: Chorvoqdagi 4 millliondan ortiq bir necha basseynli hashamatli Luxury trio, 2 milliondan sal ko‘proqqa kamtaringina Malayziya kotteji, juda munosib oilaviy kottej Family 1 600 000 so‘mga. Tanlov juda katta, ko‘plab variantlar mavjud. Sizga narx/sifat nisbati bo‘yicha eng yaxshisini tanlash qoldi.
Arzon va qulay - 343 ta e'lon
Biz kunlik narxi 1 000 000 so‘mdan kam turadigan dalahovlilarga e'tiboringizni qaratamiz. Ushbu turkumda siz hamyonbop, ammo juda chiroyli va qulay uylarni topishingiz mumkin. Bu yerda siz yuqori texnologiyali kottejlar, sovet modernizmi uslubidagi shinam kottejlar, tog‘ manzarasi va toza havoga ega yevro-uylarni topasiz. Qulayliklar to‘plami munosib, dizayni ham hashamatli yozgi kottejlarga qaraganda oddiyroqdir.
Kunlik narxi 1 000 000+ bo‘lgan dalahovlilarning barcha takliflari standart qulayliklarga, qo‘shimcha ravishda qishki hovuz, sport (tennis, bilyard, golf va boshqalar) va o‘yin-kulgilar uchun joylarni (karaoke, PlayStation va boshqalar) o‘z ichiga oladi. O‘zingiz uchun eng yaxshisini tanlash uchun narx oralig‘ini belgilang, sevimli joyingizni ko‘rsating va eng yaxshi variantini tanlang.
Yangi yil ta'tillari uchun eng mashhur kottejlar Chimyon, Xumson, Bochka, Oqtosh va Chorvoqda joylashgan. Lekin poytaxtga yaqin Qibray, Chirchiq va Tuzelda ham turli did va hamyon uchun kottejlarning katta tanlovi mavjud. OLX’da dalahovlilar “bozori” eng to‘liq va rang-barang tarzda taqdim etilgan. Bu yerda siz Yangi yilni o‘tkazish va nishonlash uchun ajoyib joy topishingiz mumkin: ichki qulaylik, tashqi go‘zallik va sizga mos keladigan narx.
E'tibor bering, hovlilar ijarasi uchun pulni oldindan bermang, bank kartalaringiz kodini hech kimga aytmang!
Reklama huquqi asosida