AQSh Germaniyadagi qo‘shinlarini yashirincha qisqartirishga qaror qildi - OAV

Jahon 12:11 / 07.06.2020 6975

Der Spiegel nashrining o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Pentagon joriy kuzgacha Germaniyadan 15 minggacha harbiysini olib chiqishi mumkin.

“AQSh hukumati NATO bo‘yicha sherigini bundan xabardor qilmagan, deyishmoqda. Odatda bunday qarorlar haqida oldindan xabar qilinadi. Rejalar muhimligi ortida bu qadam ig‘vo deb baholanishi mumkin”, deyilgan nashrda. 

AQShning Yevropadagi quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni Ben Xojyes Oq uyning bu qarorini ulkan xato va “Moskvaga sovg‘a” deb atagan. 

Uning ta'kidlashicha. AQSh prezidenti Donald Tramp “Germaniyadagi qo‘shinlar AQSh xavfsizligi uchun qanchalik muhim ahamiyatga egaligini tushunmagan”.

“Kreml bunday sovg‘ani olish uchun hech narsa qilmadi. Moskva na Ukraina, na Suriya bo‘yicha yon bosishlarga bordi”, deb aytgan Xojyes.

Bundan tashqari, AQShning bunday qadami NATOning ichki kayfiyatiga salbiy ta'sir qilishi mumkin.

Avvalroq Reuters axborot agentligi AQShdagi yuqori martabali rasmiy vakilga tayanib, Donald Tramp Pentagonga Germaniyadagi qo‘shinlar sonini qisqartirishni buyurganini ma'lum qilgan. Amaldorning ta'kidlashicha, Germaniyadan sentyabrgacha 9,5 ming amerikalik harbiy olib chiqilishi mumkin. Bu qadam Germaniyadagi qo‘shinlar sonini 34,5 minggacha qisqartirishga imkon beradi. Ayni vaqtda Yevropa davlatida AQShning beshta yirik harbiy garnizoni joylashgan. 

Biroq Oq uyda hozircha buning rasmiy tasdig‘i keltirilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: