Xorazm yana koronavirusli hudud: aholi orasida koronavirusga chalinganlar aniqlandi

O‘zbekiston 17:11 / 06.06.2020 61666

«2020 yil 6 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4064 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 24 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 2 nafar Toshkent viloyatida xorijdan chegara post orqali kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 6 nafari Namangan viloyati, 3 nafari Toshkent shahrida va yana 3 nafari esa Xorazm viloyatida aholi orasida qayd etilgan», deyiladi xabarda.

Shu vaqtgacha 3247 bemor sog‘aygan sog‘aygan. Shifoxonalarda 801 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 10 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Eslatib o‘tamiz, Xorazm viloyatida mart oyidan buyon 233ta kasallanish holati qayd etilgan, 26 may kuni bemorlarning so‘nggi guruhi tuzalib, viloyat koronavirusdan xoli hududga aylangandi.

Keyinroq 4 iyun kuni Xorazmda birato‘la 14 kishida virus aniqlangani haqida xabarlar tarqalgan, Sog‘liqni saqlash vazirligi bu ma'lumotga izoh berib, kasallanish holatlari tasdiqlanishi uchun yana tekshiruvlar o‘tkazilishi kerakligini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: