Qoldirilgan konsertlar chipta pullari karantindan so‘ng qaytarib beriladi

O‘zbekiston 14:49 / 05.06.2020 8722

Karantin davrida qoldirilgan konsert dasturlari uchun xarid qilingan chipta pullarini karantin bekor qilinib, kassalar faoliyati tiklangandan so‘ng qaytarib olish mumkin bo‘ladi. Bu haqida Madaniyat vazirligi axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

“Karantin davrida qoldirilgan konsert dasturlari uchun chiptalar o‘z kuchini saqlab turibdi. Chiptalarni qaytarib berishni istovchilar kassalar faoliyati tiklangandan keyin o‘z pullarini qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi. Naqd bo‘lsa naqd pul ko‘rinishida qaytarib beriladi, plastik karta orqali to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa, kartaga mablag‘lar tushirib beriladi.

Konsert dasturlari va boshqa madaniy tadbirlarning yana qachon o‘tkazila boshlanishi karantin choralarining yumshatilishiga bog‘liq”, deyiladi axborotda.

15 mart sanasidan boshlab mamlakatda karantin rejimi joriy qilingani tufayli konsert dasturlari va madaniy tadbirlarni o‘tkazish noma'lum muddatga qoldirilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: