Qashqadaryoda umumiy quvvati 24 MVtga teng bo‘lgan 3ta GES qurilishi uchun tender e'lon qilindi

O‘zbekiston 11:02 / 05.06.2020 6529

Mazkur uchta gidroelektrostansiyaning qurilishi O‘zbekistondagi barqaror gidroenergetika loyihasining bir qismi hisoblanib, uni xalqaro moliyaviy institutlar, xususan, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan amalga oshirilayotgan gidroenergetika loyihasining bir qismidir.

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida aytilishicha, O‘zbekiston milliy energetika strategiyasiga ko‘ra, 2030 yilga borib, elektr energiyasining to‘rtdan biri qayta tiklanadigan energiya manbalaridan ishlab chiqariladi. Strategiya o‘n yil ichida 30 GVt gacha qo‘shimcha energiya quvvatlari, shu jumladan 3,8 GVt gidroenergetika, 5 GVt quyosh energiyasini va 3 GVt gacha shamol energiyasini kengaytirish ko‘zda tutiladi. Ushbu rejalar O‘zbekistonning mintaqaviy va xalqaro energiya bozorlaridagi ortib borayotgan roli bilan bog‘liq.

2019 yil oktabr oyida OTB O‘zbekistonda umumiy ishlab chiqarish quvvati 25 MVt bo‘lgan gidroelektrostansiyalarni qurish uchun 60 million dollar miqdorida mablag‘ ajratishni ma'qulladi. Loyihaning umumiy qiymati 75,3 million dollarni tashkil etadi, qurilishni 2023 yil oxirida yakunlash rejalashtirilgan.
 
Ushbu uchta gidroelektrostansiyasining umumiy quvvati 24 MVtga teng bo‘ladi: 6 MVt – “Rabot”, 8 MVt – “Chappasuy” va 10 MVt – “Tamsush” hamrohlik qiladigan elektr uzatish tarmog‘i (35-110 kV va 22 km) va umumiy quvvati 1 MVt mini-gidroagregatlar.

Ochiq tanlov savdolari (Xalqaro e'lon) OTBning “Bir bosqich: ikki konvertli” tender savdosiga muvofiq o‘tkaziladi va tender hujjatlarida ko‘rsatilganidek, tanlov huquqiga ega bo‘lgan mamlakatlarning barcha savdo ishtirokchilari uchun ochiq.

Ko‘proq yangiliklar: