Foydali Chortoq suvining «Oilaviy formati» savdoda!

Jamiyat 09:00 / 05.06.2020 9415

«Uyda qol» chaqirig‘i kimdir uchun sinov, yana kimdir uchun esa yangi imkoniyatlarni ochdi. Shunday sovg‘alardan biri – oila bilan yaqinlashish bo‘ldi, negaki hayotning bunday tig‘iz sur'atlarida eng asosiysi uchun har doim ham vaqt yetarli bo‘lmas edi. Chortoq oilalarda balansni saqlashga yordam beradi.

So‘nggi oylarda aksariyat insonlar ko‘p vaqtlarini oilalari davrasida o‘tkazishni boshladilar. Ko‘pincha yarim tungacha ishlaydigan otalar farzandlari birinchi qadamni qo‘yayotganini ko‘rdilar va birinchi so‘zlarini eshitdilar. Kimdir bolalariga uyga berilgan vazifalarni bajarishga ko‘maklashib, maktab davrini esladi. Kimdir uchun esa ayollari shuncha ko‘p uy ishlarini qilishi kutilmagan yangilik bo‘ldi va erkaklar xo‘jalik ishlarida yordam berishga kirishdilar. Erlarini odatda ishdan so‘ng charchagan holda ko‘rgan ayollar sevikli insonlarini ko‘proq o‘z oldilarida ko‘rishni boshladilar. Farzandlar ota-onadan teng e'tibor ko‘rishni, ularning misolida o‘zaro ko‘mak, qo‘llab-quvvatlash va muhabbat nima ekanligini o‘rganishni boshladilar.

Birdamlik yangi imkoniyatlarni ochdi – aksariyat oilalar bir-birlariga yaqinroq bo‘ldilar. Chortoq shifobaxsh-ichimlik mineral suvi ishlab chiqaruvchilari oilaviy balansga o‘z hissalarini qo‘shishga qaror qildilar va 0,75 litr hajmdagi suv ishlab chiqardilar. Yoz kunlarida bu juda qo‘l keladi. Nima uchun?

  • Immunitetni mustahkamlaydi. Chortoq mineral suvi tarkibida yod mavjud. Bunday shaklda u organizm tomonidan osongina o‘zlashtiriladi va gormon hamda immun tizimining uzluksiz faoliyatini ta'minlab beradi. Boshqa element – gemoglobin tarkibida mavjud temir moddasi – to‘qimalarga kislorod yetkazib berish uchun mas'ul. Hozirda barcha oila a'zolaringiz salomatligini saqlash uchun organizmni kasalliklarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini qo‘llab turish muhim o‘rin tutadi.
  • Ovqat hazm qilish tizimining to‘g‘ri ishlashini ta'minlaydi. Yoz kunlarida oshqozon-ichak trakti kasalliklari soni ortadi. Ushbu suv tarkibidagi kumush va mis tabiiy antiseptik hisoblanadi va ichakdagi zararli mikroorganizmlar bilan kurashadi. Natriy, kaliy va xlor kislota-ishqor balansini nazorat qiladi. Bu esa hazm qilish jarayoniga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ovqat hazm qilish tizimi organizmni kerakli moddalar bilan ta'minlashga mas'ul bo‘lganligi sababli, u haqida qayg‘urish va uni mustahkamlash muhim o‘rin tutadi.
  • Ruhiy sog‘lomlik beradi. Yod miya to‘qimalari faoliyatini yaxshilaydi va organizmning barcha tizimlari orasidagi balansni tiklaydi. Shuningdek Chortoq suvi tarkibiga kalsiy va magniy ham kiradi. Ushbu elementlar asab tizimining to‘g‘ri ishlashi uchun zarur. Ular jizzakilik, kayfiyatning tezkor o‘zgarishi, uyqu muammolari bilan kurashishga yordam beradi.
  • Chanqoqni bosadi. Issiq vaqtda tana terlash orqali nafaqat namlikni, balki tuzlarni ham yo‘qotadi. Suv-tuz balansini tiklash uchun suv va minerallar kerak bo‘ladi. Oddiy suv iste'molidan so‘ng inson terlab, yana tuzlarni yo‘qotadi va chanqoq hissini tuyadi. Chortoq suvi organizmni minerallar bilan ta'minlaydi. Shunga muvofiq, miya balans tiklangani haqida signal oladi, chanqoq hissi esa kamayadi.
  • Har narsada balans beradi. Chortoq suvi bolalarga organizmlarining barcha tizimlari holati haqida qayg‘urgan holda hamohang o‘sishga va ulg‘ayishga yordam beradi. U homiladorlar, keksalar, operatsiya va kasalliklarni boshidan o‘tkazganlar uchun o‘ta muhim. Chortoq faollik va kuchlarni tiklaydi, ruhiy zo‘riqish (stress) darajasini pasaytiradi va qaysi yoshda bo‘lishdan qat'i nazar, holatni yaxshilaydi.

Suvning yangi formati yaqinlaringiz haqida qayg‘urish uchun yana bir unsur bo‘ladi. Chortoq mineral suvini 0,75 litr butilkalarda shahringizdagi do‘kon va dorixonalardan xarid qiling. Butun oilangiz bilan balansda yashang!

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: