Buxoroda haqoratlash og‘ir tan jarohatlariga olib keldi

Jamiyat 11:05 / 05.06.2020 12474

2020 yilning 16 may kuni soat taxminan 12:00da 44 yoshli M.Sh. Buxoro shahar Mirdo‘stim ko‘chasida daraxtni kesib olayotgan vaqtida, shu ko‘chada yashovchi 39 yoshli A.S. chiqib qolib, uni nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilganligi sababli ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, janjal oqibatida M.Sh. A.S.ning yashash xonadoniga borib, uning bosh va yuz sohalariga qasddan urib tan jarohatlari yetkazgan. Natijada A.S. tibbiy muassasaga murojaat qilgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, A.S.ga og‘ir tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB 1-son IIB Tergov guruhi tomonidan M.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. M.Sh. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: