«Asaka» bank: Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba tumanlarida 800ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi

Jamiyat 17:00 / 05.06.2020 2978

«Asaka» bank tomonidan Sirdaryo viloyatining Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba tumanlarida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish maqsadida 18ta yangi loyihani amalga oshirish mo‘ljallangan. Loyihalar qiymati qariyb 152 milliard so‘m bo‘lib, ularning ishga tushishi natijasida 800ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Qisqa muddatda foydalanishga topshirish mo‘ljallangan loyihalardan biri maktabgacha ta'lim maskanlari bo‘lib, Mirzaobod tumanida 2ta, Oqoltin va Sardoba tumanlarida 1tadan maktabgacha ta'lim maskani ochish ko‘zda tutilgan. 

Mirzaobod tumanida «Finiba tex» tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasining ish boshlashi natijasida 300 nafar xotin-qiz ish bilan ta'minlanadi. Mazkur tumanda shuningdek, «Mirzaobod Limonchilik klasteri»ni ham shu yilning o‘zida ishga tushirish nazarda tutilgan va tashkil etiladigan issiqxonada qulupnay, limon yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Natijada mahalliy bozorga sarxil mevalar yetkazib berish bilan birga ushbu mahsulotlar eksportga ham yo‘naltiriladi. Asosiysi yana 300 kishining doimiy ish o‘rniga ega bo‘lishiga erishiladi.

Bundan tashqari, «Asaka» tomonidan talafot ko‘rgan uchta hududda qishloq xo‘jaligi, sanoat, xizmat ko‘rsatish singari sohalarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ham amalga oshirilishi belgilab olingan.

«Asaka» bank – moliyaviy bozorda sizning ishonchli hamkoringiz!

«Asaka» bank Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: