«Zamin» fondi eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun dasturini amalga oshirishni boshladi

Jamiyat 18:43 / 04.06.2020 5911

Ayni kunlarda Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida tashxis jarayoni boshlanib, dastlabki 10 nafar o‘quvchi audiolog, psixonevrolog, surdopedagog, otolaringolog, psixiatr va boshqa mutaxassislar tomonidan saralab olinmoqda.

Saralab olingan bolalar maxsus tayyorgarlik, jarrohlik amaliyoti va reabilitatsiya bosqichlaridan o‘tadilar. Shundan so‘ng xorijdan malakali shifokorlar chaqirilib, jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bundan avvalroq «Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva muntazam ravishda o‘quvchilarning eshitish qobiliyatini tiklash ustida ish olib borilishini ma'lum qilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: