Joriy yilning 4 iyun kuni soat 11:00dan Nurafshon va Sebzor ko‘chalari kesishmasidan Ahmad Donish va Yangi shahar ko‘chalari kesishmasigacha (Mega Planet savdo markazigacha) bo‘lgan avtomobil yo‘lida kapital ta'mirlash ishlari boshlanadi.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, Ahmad Donish va Bog‘iravon 2-tor ko‘chasi kesishmasidan Mega Planet savdo majmuasi oralig‘ida joylashgan ko‘priklarda ham rekonstruksiya ishlari olib boriladi.
“Shu munosabat bilan THAY ustidan o‘tuvchi avtomobil ko‘prigining ma'lum qismi (uch qatorli harakatlanish yo‘lining ikkitasi) avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Haydovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.