SARS-CoV-2 koronavirusi genomida inson oqsilining bir qismi topildi 

Jahon 08:55 / 04.06.2020 10922

Bu kiritma virus genomining uning inson hujayrasiga kirishi imkonini belgilaydigan joyida joylashgan. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, ushbu parcha mutlaq o‘ziga xos bo‘lib, boshqa turdagi koronaviruslarda uchramaydi. 

Gyottingen universiteti (Germaniya) professori, genetik Konstantin Krutovskiy “Izvestiya” nashri bilan suhbatda SARS-CoV-2’da inson oqsilining bir qismi paydo bo‘lishining 4 ta taxminini ilgari surdi. 

“Albatta, bu tasodifiy mutatsiya-kiritma bo‘lishi mumkin, biroq buning yuz berishi ehtimoli juda kichik. Ikkinchi variant: koronavirusning oraliq xo‘jayini insonnikiga o‘xshash kiritmaga ega bo‘lib, virus tabiiy saralash va mutatsiya vaqtida unga moslashgan. Biroq ushbu oraliq xo‘jayin hali topilmadi. Uchinchisi: virus odamlar orasida anchadan beri mavjud bo‘lgan yoki u inson hujayralarida laboratoriya sharoitida yetishtirilgan. Va nihoyat to‘rtinchi taxmin: bu kiritma koronavirusga sun'iy yo‘l bilan kiritilgan”, deb hisoblamoqda mutaxassis.

Ko‘proq yangiliklar: