Oq uy ma'muriyati Xitoy aviakompaniyalariga AQShga parvozlarni amalga oshirishni taqiqladi 

Jahon 00:08 / 04.06.2020 5896

Hujjatda taqiqlov 16 iyundan kuchga kirishi, biroq bu sana ertaroqqa ko‘chirilishi mumkinligi ta'kidlab o‘tilgan.

Bu Vashingtonning Pekinning AQSh aviakompaniyalariga 1 iyundan avvalgi ishlash tartibiga qaytishini rad etishiga javob bo‘lgan. AQSh aviakompaniyalari koronavirus pandemiyasi sababli Xitoyga parvozlarni qisqartirishiga to‘g‘ri kelgandi. “Xitoyning iltimosimizni ma'qullay olmasligi havo transporti haqidagi kelishuvimizning buzilishi hisoblanadi”, deyilgan AQSh transport vazirligi hujjatida.

Ushbu taqiqlov Air China, Beijing Capital Airlines, China Eastern Airlines, China Southern Airlines, Hainan Airlines, Sichuan Airlines va Xiamen Airlines aviakompaniyalarini qamrab oladi.

22 may kuni Vashington Pekinni AQSh aviakompaniyalariga parvozlarni qayta boshlashga to‘sqinlik qilayotganlikda ayblagandi va Xitoyning Air China, China Eastern Airlines, China Southern Airlines va Hainan Airlines aviakompaniyalariga AQSh transport vazirligiga o‘z reyslari jadvali va ular haqida boshqa ma'lumotlar taqdim qilishni majburlab qo‘ygan. Vazirlik Xitoy aviakompaniyalari reyslarini “amaldagi qonunchilikka zid yoki jamiyat manfaatlariga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi” deb topishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Butun dunyo aviakompaniyalari yanvar oxirida koronavirus tarqalishi sababli Xitoyga parvozlarni bekor qila boshlagandi. 2 oy o‘tib Xitoyning fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi (CAAC) Xitoy aviakompaniyalaridan har bir davlat bilan faqat bitta yo‘nalishni saqlab qolishni va haftasiga bittadan ko‘proq, xorijiy kompaniyalarga esa 12 mart holatidagidan ko‘proq reys amalga oshirmaslikni talab qilgandi. AQSh transport vazirligida CAAC’ning talabi “AQSh aviakompaniyalariga muntazam yo‘lovchi reyslarini tiklashga imkon bermasligi” sababli AQSh aviakompaniyalari Xitoyga parvozlarni to‘xtatgani ma'lum qilingandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: