Farg‘onada yoshlar bandligi masalasi qanday hal etilmoqda?

Jamiyat 16:37 / 04.06.2020 2362

Ma'lum qilinishicha, Farg‘ona viloyatida 2019 yil yakunlari bo‘yicha jami 49 168 nafar ishsiz yoshlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, 2020 yilning yanvar-may oylarida 28 mingga yaqini, ya'ni 56 foiz ishsiz yoshlar bandligi ta'minlangan.

Ulardan 7 900 nafari 1-sektor hissasiga, 7 041 – 2-sektorga, 7 017 – 3-sektorga, 5 857 – 4-sektorga to‘g‘ri keladi.

Ishsiz yoshlar quyidagi sohalarga jalb etildi:

Tadbirkorlik va ishlab chiqarish - 5 405 nafar yosh yigit-qizlar. Ulardan 982 nafari tadbirkorlikka yo‘naltirilib, 38 mlrd so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.

1693 nafari – tekstil korxonalarida, 1516 nafari - xususiy sektorda (MChJ, YaTT tashkil etildi), 1214 nafari – boshqa mehnat turlari, ya'ni nonvoylik, chilangarlik, sartaroshlik, kosibchilik, hunarmandchilik va boshqa sohalarda bandligi ta'minlandi.

Bundan tashqari, viloyatdagi 963 nafar ishsiz yoshlar – qurilish sohasiga, 5173 nafari – turli davlat tashkilot va korxonalariga hamda 4 307 nafari – jamoatchilik asosida turli ishlarga jalb etilgan.

Ishsiz yoshlar bandligini ta'minlashda «Har bir yoshga – bir gektar» dasturi ham muhim o‘ringa ega.

Xususan, viloyatning 11 854 nafar yoshlari qishloq xo‘jaligi sohasiga yo‘naltirilib, 2 643 nafariga 10-30 sotixdan yer ajratib berildi, jami 1 128 gektar. Shulardan 522 gektari adir va tekisliklardan, 606 gektari esa bog‘lar orasidan.

Ushbu ajratilgan yer maydonlarining 72 gektariga - kartoshka, 172 gektariga - sabzavot, 189 gektariga - poliz, 103 gektariga - dukkakli, 345 gektariga – mevali daraxtlar, 195 gektariga – tut va uzum, 52 gektariga - moyli ekinlar ekildi.

Pandemiya sababli xorijdan qaytib kelgan yoshlarni ham ish bilan ta'minlashga alohida e'tibor qaratildi. Joriy yil boshida Farg‘ona viloyatida xorijga chiqib ketganlarning soni jami 58 316 kishini tashkil etgan bo‘lsa, hozirda 7 902 kishi qaytib kelgan. Shulardan 4 699 nafari o‘tgan davr mobaynida ishga joylashtirildi. Xususan, 1 100 nafari – qishloq  xo‘jaligi sohasiga, 380 nafari – xizmat ko‘rsatish sohasiga, 219 nafari – jamoatchilik ishlariga va 3 000 nafari – qurilish sohasiga jalb etilgan.

Bu boradagi ishlar Prezident Xalq qabulxonalari, sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ishlab chiqilgan manzilli rejalar asosida izchil davom ettirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: