Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 7ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
«Ganga» avtomobil ko‘prigida sodir bo‘lgan to‘qnashuvi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi», deyiladi boshqarma axborot xizmati xabarida.
Unga ko‘ra, 2 iyun kuni soat 19:00larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Sebzor va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasidagi «Ganga» avtomobil ko‘prigida aniqlanmagan «Cobalt» avtomobili keskin to‘xtagani sababli 7 ta bir yo‘nalishda harakatlangan avtomobillar masofa saqlamaganliklari tufayli to‘qnashdilar.
Bunda, quyidagi avtomobil transportlari YTHda ishtirok etgani ma'lum bo‘ldi:
- 38 yoshli O. N. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili;
- 28 yoshli A. M. Boshqargan Spark avtomobili;
- 24 yoshli Sh. boshqaruvidagi Nexia avtomobili;
- 43 yoshli Turkiya fuqarosi B.T. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili;
- 34 yoshli Z. M. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili;
- 25 yoshli S. E. boshqargan Toyota avtomobili;
- 29 yoshli S.T. boshqargan Malibu avtomobili.
Ma'lum qilinishicha, YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. YTHning barcha ishtirokchilariga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.