Joriy yilning 2 iyun kuni kechki soat 22:00 dan 4 iyun kuni soat 18:00 gacha Yangi Sergeli ko‘chasining Qipchoq ko‘chasidan Shokirariq va So‘g‘diyona ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismi ta'mirlanadi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan yo‘lning ushbu qismida harakatlanuvchi avtomobillar aylanma yo‘llar orqali harakatlanishi mumkin.
“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi poytaxt hokimligi ma'lumotida.