Farg‘onada poyezd urib yuborishi natijasida 12 yoshli bola halok bo‘ldi

Jamiyat 11:11 / 03.06.2020 14507

Farg‘ona viloyatida poyezd urib yuborishi natijasida 12 yoshli bola halok bo‘ldi. Bu haqda Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 30 may kuni soat 11:45larda Farg‘ona viloyati IIB TXTBga Qo‘qon MTU navbatchisi A.X. shu kuni soat 11:40 larda elektrovoz mashinisti S.Sh. boshqaruvida bo‘lgan “Andijon-Toshkent” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi “Marg‘ilon-Oltiariq” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida harakatlanib ketayotgan vaqtida, ushbu to‘siqda joylashgan piyodalar o‘tish yo‘lagidan velosipedda o‘tib ketmoqchi bo‘lgan 2008 y.t. Z.J.ni o‘z ehtiyotsizligi oqibatida urib yuborganligi haqida xabar bergan.

Z.J. tanasining turli joyidan tan jarohati olib, Oltiariq tumani ShTTYoBga olib ketilgan. Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan 2020 yil 2 iyun kuni shifoxonada vafot etdi.

Ushbu baxsiz hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: