Asakada Hajga va chet elga ishga jo‘natish va'dasi bilan 31,5 ming dollar to‘plagan firibgarlar aniqlandi

Jamiyat 17:05 / 03.06.2020 4808

Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan fuqaro A.A.ning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro B.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, bir necha fuqarolarning ishonchiga kirib ularni Haj safariga va xorijiy davlatlarga ishga yuborish evaziga 31 500 dollar va 2,5 mln so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan B.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Samarqandda juda ko‘p miqdordagi un mahsulotlarini talon-toroj qilish holati aniqlandi

Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «Samarqanddonmahsulotlari» AJga qarashli 191-sonli do‘kon sotuvchisi D.U. 391,7 mln so‘mlik mahsulotlarni sotishdan tushgan naqd pullarni jamiyat kassasiga kirim qilmasdan kamomadga yo‘l qo‘ygani, shuningdek, ushbu holat yuzasidan D.U. 350 mln so‘mni «Agrobank» ATB Samarqand hududiy filialiga topshirgani haqida kvitansiyani taqdim etgan bo‘lsa-da, 350 mln so‘m naqd savdo puli mazkur bank filialiga kirim qilinmagani aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Jomboy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «Jomboydonmahsulotlari» OAJga qarashli 170-sonli do‘kon sotuvchisi A.T. ham o‘ziga ishonib topshirilgan

193,2 mln so‘mlik un mahsulotlarini sotishdan tushgan mablag‘larni jamiyatga topshirmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ulug‘norda qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralar muomalaga kiritilishining oldi olindi

Departamentning Andijon viloyat Ulug‘nor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro N.N. 5 dona seriya va raqamlari bir xil bo‘lgan 100 ming so‘mlik kupyuralarni Andijon shahridagi «Yangi dehqon bozori» AJ hududida muomalaga kiritayotgan vaqtida, mazkur pullar qalbaki ekani shubhaga olinib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

O‘tkazilgan ekspertiza natijalariga ko‘ra, pullar nusxa ko‘chirish yo‘li bilan rangli printerda chop etilganini ko‘rsatgan.

Shuningdek, fuqaro N.N. qalbaki pullarni 21.05.2020 yilda «Yangi dehqon bozori» AJ hududida notanish ayoldan o‘zidagi mayda pullarni yirik kupyuraga aylantirgan vaqtida olganini bildirgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: