AQShda tartibsizliklar ortida o‘qotar qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalar aksiyalari qimmatlashmoqda

Jahon 09:21 / 03.06.2020 10309

Jumladan, Smith & Wesson Brands Inc. kompaniyasi aksiyalari narxi 2 iyunda 13,8 foizga, Sturm Ruger & Co.’niki 6,2 foizga qimmatlashgan. Vaholanki, bir kun avval ushbu kompaniyalar aksiyalari narxi mos ravishda 15,1 va 9,4 foizga oshgan. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar qildi.

 “Hozirda dunyoda yuz berayotgan voqealar sababli o‘qotar qurolga qiziqish va talab oshishi kutilmoqda”, deb aytgan Interactive Brokers kompaniyasi bosh strategi Stiv Sosnik.
 
Sturm Ruger rahbari Kristofer Killoyning fikricha, qurolga talabning oshishi, shuningdek, koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan cheklovlar va shaxsiy xavfsizlik uchun xavotir oshishi bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. 

AQShda afroamerikalik Jorj Floyd o‘limidan keyin boshlangan ommaviy noroziliklar va tartibsizliklar mudofaa vositalariga, jumladan ko‘zni achishtiruvchi garmdorili ballonchalar va elektroshokerlarga talab oshishiga olib kelgan.

Ko‘proq yangiliklar: