Sardobadagi suv toshqinining qishloq xo‘jaligiga ta'siri katta emas - Jahon banki

O‘zbekiston 18:55 / 02.06.2020 4719

Jahon banki «Covid 19 va Markaziy Osiyoning oziq-ovqat xavfsizligi» mavzusiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazdi. Unda Jahon bankining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi Sergiy Zorya mavzuga doir savollarga javob berdi.

Brifingda Sardobadagi suv toshqini mintaqa qishloq xo‘jaligiga qancha zarar ko‘rsatgani haqida savol berildi.

«Sirdaryo viloyatidagi hosilni yo‘qotishga oid hisob-kitoblar mavjud. Ushbu tabiiy ofatning mintaqa aholisiga ta'siri katta, biroq O‘zbekiston iqtisodiyoti va qishloq xo‘jaligi natijalariga ta'siri katta bo‘lmaydi. Chunki tabiiy ofat qamrab olgan hududlar O‘zbekistondagi ekin maydonlarining 1 foizdan ortig‘ini tashkil qilmaydi. Ofatdan aziyat chekkan uy xo‘jaliklari uchun bu katta muammo. Shuning uchun meva-sabzavotchilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan loyihalarimizdan birining doirasida ushbu xo‘jaliklarga yordam uchun 3,5 million dollar ajratishni rejalashtiryapmiz.

Tabiiy ofatning Qozog‘iston hududiga ta'siri bo‘yicha ma'lumotlarga ega emasman. Fikrimcha, uning mahalliy ta'siri katta, jami qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga katta ta'sirga ega bo‘lmaydi», deydi Sergiy Zorya.

Ko‘proq yangiliklar: