Qozog‘iston chegarasidagi muammolar sababli deputatlar YeOIIga aloqador masalalarni muhokama qilishni istamadi 

Jahon 20:35 / 02.06.2020 8013

Qozog‘iston Jogorku Keneshining xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi YeOII bo‘yicha masalalar muhokamasini  kun tartibidan  chiqarib tashladi.

Deputat Kanibek Imanaliyev qirg‘iz-qozoq chegarasidagi muammolar haqida ma'lum qildi va hukumatga ittifoq kotibiyatiga zudlik bilan nota yo‘llashni taklif qildi.

«Yuk furalari Qozog‘iston bilan chegarada uch kundan beri turibdi. Qo‘mitaga Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi xalqaro faoliyatga aloqador barcha masalalarni kun tartibidan olib tashlashni taklif qilaman», — dedi u.

Hamkasblari Kanibek Imanaliyevni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Qo‘mita YeOIIga aloqador beshta qonun loyihasini ko‘rib chiqishi lozim edi.

Ko‘proq yangiliklar: