Dostonbek uyli bo‘ladi, hunarmandlar esa ish boshlaydi – Senat raisi va vazir ijtimoiy muammolarni yechmoqda

Jamiyat 13:50 / 02.06.2020 5020

Respublika Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vaziri Rahmatilla Mamatov Dostonbek bilan ko‘rishib suhbatlashdi. Dostonbek ko‘chib o‘tadigan uyni ta'mir talab joylarini yaxshilash uchun vazirning o‘zi bosh qosh bo‘ldi.

Shuningdek, Qo‘qon shahri Hunarmandlar shaharchasining muammosi ham Tanzila Norboyeva tomonidan o‘rganildi va ijobiy hal bo‘ldi.

Hunarmandlar shaharchasi 2019 yil may oyida tadbirkorlarning o‘z hisobidan mablag‘ evaziga qurilgan. Shaharcha bitib, Farg‘ona viloyati hokimligi tashabbusi bilan qurib bitkazilgan joy noma'lum sabablarga ko‘ra rahbarlar nazoratida bo‘lib qolgani ajablanarli.

Pul tikkan, mehnat qilgan, ming qiyinchiliklar bilan hunarmandlarni topib kelgan tadbirkorlar bundan norozi. Bu joyni ko‘rib ishlamoqchi bo‘lgan hunarmandlar, bu yerda faoliyat yuritish negadir ularga to‘g‘ri kelmasligini va ishlay olmasligini aytishdi.

Shu bilan hunarmandlar shaharchasi faoliyat yuritmay, shaharchani barpo qilgan tadbirkorlarning ishi har xil ko‘zga ko‘rinmas bosimlar orqali 9 oy to‘xtab qoldi va tadbirkorlar bundan qattiq norozi bo‘ldilar.

Kadastr hujjatlar hammasi qonuniy, yerni auksion orqali sotib olib egalik huquqiga ega bo‘lsa, nima uchun hunarmandlar shaharchasida tadbirkorlar ishlab yashamayaptilar, kim tadbirkorlarga qattiq to‘sqinlik qilmoqda?

Bu muammodan darak topgan Oliy majlis senati raisi Tanzila Norboyeva darhol bartaraf qilishga operativ yondoshib, ishni tadbirkorlar tomoniga hal qildi.

Kecha, 1 iyun kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahriga Respublika Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vaziri Rahmatilla Mamatov shaxsan tashrif buyurib, muammoning yechimini topdi va shaharcha faoliyati tiklandi.

Oliy majlis Senati axborot xizmati ko‘magida tayyorlandi.

Ko‘proq yangiliklar: