Bugun, 1 iyundan boshlab Samarqand shahri hududi bo‘ylab stikersiz harakatlanishga ruxsat beriladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00 dan – 10:00 gacha, 17:00 dan – 20:00 gacha) ruxsat beriladi.
Fuqarolar avtotransportda ish joyiga borib-kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishi kerak.
Avvalroq, Navoiy va Samarqandda yangi kasallanish holatlari aniqlangandi.