Qashqadaryoda DXXning soxta xodimi ushlandi

Jamiyat 17:24 / 01.06.2020 16929

Aniqlanishicha, F.O. profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini DXX xodimi deya tanishtiradi va unga nisbatan Nishon tumanidagi dehqon bozori hamda tuman xokimligi oldidagi 2 ta holat bo‘yicha videoyozuv borligini aytib, aldaydi. Agarda 200 AQSh dollari bersa go‘yoki profilaktika inspektorining noqonuniy xatti-harakatlari tasvirlangan ushbu videoyozuvlar bilan bog‘liq muammoni hal qilib berishini bildiradi.

Tezkor tadbir davomida Kitob tumanida tug‘ilgan F.O.ning yonidan DXX Chegara qo‘shinlarining soxta guvohnomasi va bir nechta fuqarolarning pasport nusxalari hamda fotosuratlari topildi. Shuningdek, u vaqtinchalik yashab kelgan Nishon tumani “Ulug‘bek” MFYdagi uydan leytenant unvonidagi DXXning harbiy kiyimi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur shaxs muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun unga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e'lon qilingan.

Hozirda tergov harakatlari doirasida F.O.ga soxta guvohnomani kim tayyorlab bergani va undan jabr ko‘rgan yana boshqa fuqarolarni ham aniqlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: