Buxoroda yuk mashinasi va Lacetti YTHga uchradi, qurbonlar bor

Jamiyat 12:35 / 01.06.2020 50569

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u ushbu yo‘lning 301-kilometriga yetganida, o‘ziga nisbatan yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishidan harakatlanib kelayotgan 46 yoshli D.Sh. boshqaruvida bo‘lgan MAN rusumli yuk avtomashinasining old qismiga borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Oqibatda Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi Sh.X. va ushbu avtomashina old yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi, 48 yoshli T.Q. og‘ir tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jondor tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari Buxoro viloyati IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.

«Hurmatli haydovchilar, transport vositasini boshqarayotgan vaqtda hushyor bo‘lishingizni va amaldagi «Yo‘l harakati qoidalari»ga qat'iy rioya qilishingizni so‘raymiz», - deyiladi ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: