O‘zbekistonda VMX yo‘nalishidagi trassa quriladi

O‘zbekiston 09:54 / 29.05.2020 7267

Ayni kunlarda Jizzax shahridagi Sangzorko‘l mavzesida velosiped sportining Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan VMX (velosipedli motokross) yo‘nalishi bo‘yicha yurtimizdagi dastlabki trassa qurilishi boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, bu mamlakatda sportning ushbu yo‘nalishiga bo‘lgan qiziqish yanada ortishiga xizmat qiladi. Hozirda Jizzax viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbariyati trassa uchun ajratilgan hududni yaqindan o‘rganib chiqishmoqda. 

“Ta'kidlash joiz, qurilish viloyat hokimligi tashabbusi bilan bunyod etilmoqda va loyihalashtirilmoqda”, - deyiladi ma'lumotda.

Jizzaxda qurilajak trassa Ukraina, Fransiya va belgiyalik mutaxassislar tomonidan loyihalashtiriladi va ekspertlar qurilish ishlari boshlangach bevosita jarayonni nazorat qilib borishadi (xalqaro parvozlar ochilgach). Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, trassa sentabr oyida ochilishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: