Twitter rahbari amerikalik oilalarga 10 mln dollar xayriya qildi

Jahon 09:24 / 28.05.2020 3816

Umuman olganda, Dorsi pandemiya vaqtida eng saxovatpesha milliarderga aylandi: u aprelda o‘shandagi umumiy boyligining uchdan bir qismi – 1 mlrd dollarni koronavirusga qarshi kurashga yo‘naltirishga va'da bergandi. 

Project 100 koronavirus pandemiyasidan jabr ko‘rgan amerikalik oilalarga 1000 dollardan pul to‘laydi. Ushbu loyiha GiveDirectly, Propel va Stand for Children notijorat tashkilotlarining umumiy loyihasi hisoblanadi. Forbes’ning ma'lum qilishicha, GiveDirectly 7 yildan beri butun dunyo bo‘ylab muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlab keladi. Loyiha saytida ma'lum qilinishicha, u 84300 oilaga moliyaviy yordam ko‘rsatgan. Loyihaning maqsadi 100 ming amerikalik oilaga yordam berishdan iborat. Yordam oluvchi oilalar oziq-ovqat uchun talonlar berilishi ortidan kuzatishda qo‘llanuvchi Fresh EBT dasturi foydalanuvchilari orasidan tasodifiy ravishda tanlab olinadi. 

Ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlagan taniqli kishilar orasida milliarder Linn Shusterman va Blue Meridian Partners notijorat tashkiloti, Microsoft’ning sobiq bosh direktori Stiv Balmer, Google asoschisi Sergey Brin va dunyoning eng boy odami Jyeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Bezos bor.

Aprelda 44 yoshli Jyek Dorsi koronavirusga qarshi kurashga umumiy boyligining uchdan bir qismini - 1 mlrd dollar yo‘naltirishini ma'lum qilgandi. Hozirda uning boyligi 4,8 mlrd dollarga baholanmoqda. Pandemiyadan keyin ushbu pullar ayollar salomatligi, ta'lim va ijtimoiy sohalardagi loyihalarga yo‘naltiriladi. Bungacha tadbirkor turli tashkilotlarga 85 mln dollardan ko‘proq mablag‘ ajratgan. 

Avvalroq Dorsi butun boyligini xayriya qilishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: