Ijtimoiy tarmoqlarda 1 iyundan boshlab avtotransport vositalari oynalarini tonirovka qilish narxi tushishi kutilayotgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmatining ma'lum qilishicha, avtotransport vositalari oynalarini tonirovka qilish narxlari pasayishi bo‘yicha hukumat qarori ishlab chiqilmagan.
YHXBB axborot xizmatining eslatishicha, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.
Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.
Qarorga muvofiq, “tonirovka” narxlari orqa oyna (lobovoy) uchun tekin, orqa yon oyna uchun esa quyidagicha narxlar belgilanadi:
jismoniy va yuridik shaxslarga – BHMning (bazaviy hisoblash miqdori) 10 baravari (2 mln 230 ming so‘m);
xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga – BHMning 20 baravari (4 mln 460 ming so‘m).
Old va orqa yon oynalar uchun (barcha yon oynalar):
jismoniy va yuridik shaxslarga – BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming so‘m);
xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga – BHMning 80 baravari (17 mln 840 ming so‘m).
Ichki ishlar organlari tonirovkaga ruxsat berilganligi to‘g‘risida maxsus emblema (gologramma) beradi va haydovchilar ushbu gologrammani old oynalarga yopishtirib yurishlari lozim.