Xorvatiyada ishtirokchilari soni 40 kishidan oshuvchi ommaviy yig‘inlar o‘tkazilishiga ruxsat berildi  

Jahon 23:53 / 27.05.2020 2162

29 may kunidan mamlakatda dafn va to‘y marosimlarida ishtirok etuvchilar soniga cheklov bekor qilinadi. Sport tadbirlarini ochiq havoda 30 maydan boshlab, yopiq inshootlarda esa 13 iyundan boshlab tomoshabinlarsiz o‘tkazish mumkin bo‘ladi.

Xorvatiyada koronavirusga chalinish bo‘yicha ilk holat 25 fevralda qayd etilgan. Ayni vaqtda mamlakatda virusga 2444 kishi chalingan, 101 kishi undan vafot etgan, 2047 kishi sog‘ayib ketgan. 

27 apreldan boshlab mamlakatda karantin choralari sekin-asta yengillashtirib borilmoqda. Jumladan, jamoat transporti, kutubxonalar, muzeylar, bozorlar va do‘konlar faoliyati tiklangan. 4 may kunidan davlat va xususiy sog‘liqni saqlash tizimi faoliyati to‘liq hajmda tiklangan, epidemiologik choralarga rioya qilgan holda go‘zallik salonlari va sartaroshxonalar ishlashiga ruxsat berilgan. 11 may kunidan karantin choralarini yengillashtirishning 3-bosqichiga o‘tilib, uning doirasida kafe, restoranlar, savdo markazlari to‘liq, maktablar va bolalar bog‘chalari qisman ishga tushgan, shaharlararo avtobus qatnovi va avialoqa tiklangan, chegaralar ochilgan.

Ko‘proq yangiliklar: