Toshkent viloyatida qariyb 90 mln so‘mlik uyali aloqa vositalari o‘g‘irlab ketildi

Jamiyat 10:18 / 27.05.2020 5365

2020 yilning 16 may kunidan 17 may kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Toshkent viloyati Olmaliq shahar A.Temur ko‘chasida joylashgan maishiy texnika do‘koni eshigi qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u do‘konda mavjud bo‘lgan umumiy narxi 87.889.900 so‘mlik jami 43 dona uyali aloqa vositalarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan tomonga yashiringan.

Holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «v» bandi (ko‘p miqdordagi o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida ushbu jinoyatini 25 yoshli B.M. va 24 yoshli D.A. sodir etganliklari aniqlanib, D.A.dan talon-taroj qilingan uyali aloqa vositalaridan 41 donasi ashyoviy dalil tariqasida olingan. 

B.M. va D.A. jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etish besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.

Ko‘proq yangiliklar: