ShHT va BRIKS sammitlari pandemiya sababli kechroq sanaga ko‘chirildi

Jahon 20:35 / 27.05.2020 5046

Ikkala sammit ham Sankt-Peterburgda o‘tishi kerak edi.

“Koronavirus pandemiyasi va u bilan bog‘liq kiritilgan cheklovlar sababli Rossiya Federatsiyasining 2019-2020 yillarda ShHTda va 2020 yilda BRIKSda raislik qilishini ta'minlash tashkiliy qo‘mitasi tomonidan BRIKS davlatlari yetakchilarining uchrashuvini va ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishini keyinroqqa ko‘chirish qarori qabul qilindi”, deyilgan Kreml xabarida.

Ta'kidlanishicha, sammitlar o‘tkaziladigan yangi sana dunyoda epidemiologik vaziyatning keyingi rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi. 

Ayni vaqtda Shanhay hamkorlik tashkilotida O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Pokiston a'zo davlatlar, Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi davlatlar hisoblanadi.

BRIKSga esa Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR a'zo hisoblanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: