Oqqonga chalingan Diyorbekka yordam zarur: Rossiyadagi karantin tufayli ota o‘g‘li uchun pul yubora olmayapti

Jamiyat 12:00 / 27.05.2020 7528

Tahririyatimizga Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani Do‘g‘oba mahallasida yashovchi Muborak Mengliboyevadan murojaat kelib tushdi.

Onaning telefonda dardli nola bilan aytgan so‘zlari har kimning ham yuragini larzaga solgan bo‘lardi. Gap shundaki, Muborak Mengliboyevaning 2003 yilda tug‘ilgan jigarbandi Diyorbek Jumanazarov oqqon xastaligiga chalingan. Oila 1 yildan buyon bor-budini sarflab, uni davolatmoqda.

«Dorilarni sotib olish uchun qarindoshlarimizdan 40 millionga yaqin qarz bo‘ldik.

Turmush o‘rtog‘im Rossiyaga ishlashga ketgan edi, hozir karantin sababli Rossiyada ham ishlar to‘xtagan, pul ham yubora olmayapti. O‘zim uy bekasiman.

O‘g‘lim Diyorbekni davolatish uchun, dorilarini sotib olish uchun mablag‘imiz qolmagan. Qarzlarimizni ham to‘lay olganimiz yo‘q...», deydi Diyorbekning onasi biz bilan suhbatda.

Aziz vatandoshlar! Sizlarga havola qilayotgan navbatdagi xayriya aksiyamizga ham befarq bo‘lmaysiz, degan umiddamiz. Ko‘pdan quyon qochib qutulmas, deb bejiz aytilmagan: har birimizning qurbimiz yetgan qadar qo‘shgan hissamiz yakunda bir oilaga katta kuch va dalda bo‘lishi shubhasiz.

Diyorbekka yordam qo‘lini cho‘zmoqchi bo‘lganlar uchun ma'lumotlar:

Onasi Muborak Mengliboyeva nomiga ochilgan bank kartalari:

Humo (Agrobank): 9860 0303 4609 9341

Uzcard (Xalq banki): 8600 0609 7754 4684

Tog‘asi Sherzod Toshpo‘latov nomiga ochilgan Sberbank kartasi: 4276 5204 8263 8646

Paynet-raqam: +99 890 003 28 80

Tel: +99 899 394 20 25; +99 899 839 30 44

Ko‘proq yangiliklar: