Mahallalarda ijtimoiy nafaqani olish tartibi soddalashtirildi

Jamiyat 07:35 / 27.05.2020 39894

Hujjat Prezidentning 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son Farmoni ijrosi yuzasidan qabul qilingan, unda oilalarning ijtimoiy nafaqa olishga muhtojligini baholash tartib-taomillarini soddalashtirish, shu jumladan quyidagilar topshirilgan edi:

ijtimoiy nafaqa olish uchun ariza bilan birga taqdim etiladigan hujjatlarni kamaytirish;

alohida transfertlarni oilaning jami daromadlaridan chiqarib tashlash.

Norma’ning yozishicha, hukumat tomonidan buning uchun quyidagi choralar qabul qilindi:

birinchidan, unda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlaydigan oilaning har bir a'zosining o‘rtacha oylik jami daromadi miqdori tuzatildi. Endi u o‘rtacha oylik MHEKMning 52,7 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak (murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi 3 oy uchun). Ilgari – o‘rtacha oylik EKIHning 1,5 karrasidan ko‘p emas.

ikkinchidan, endi bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olish uchun bir oila tarkibiga quyidagilar kiritilmaydi:

ular bilan birgalikda yashaydigan bolalarning bobolari va buvilari;

bolalarning ota-onalari (farzandlikka oluvchilar) bilan birgalikda xo‘jalik yurituvchi boshqa shaxslar;

uchinchidan, o‘rtacha oylik jami daromad qiymatini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadiga, oila a'zolari tomonidan olingan quyidagi daromadlar kiritilmaydi:

nogironligi bo‘yicha nafaqa;

boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi va nafaqasi (har bir boqimandaga);

bolalikdan nogiron bo‘lgan 16 yoshdan katta shaxslarga nafaqa;

16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar va 18 yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa;

Pensiya jamg‘armasi orqali beriladigan bola tug‘ilganligi hamda dafn etish marosimi uchun bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa;

to‘rtinchidan, agar oilaning mehnatga layoqatli har bir a'zosining o‘rtacha oylik daromadlari to‘g‘risida taqdim etilgan ma'lumotlarda daromad summasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa yoki normativdan past ko‘rsatilgan bo‘lsa oilaning o‘rtacha oylik jami daromadini hisoblash qoidasi tuzatildi. Endi ushbu normativ MHEKMning 87,9 foiziga teng (ilgari – 2,5 EKIH) va daromadni normativdan past ko‘rsatgan yoki daromadi mavjudligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni xabar qilmagan har bir oila a'zosi uchun hisob-kitobda aynan u qabul qilinadi.

Bundan tashqari, ularga ushbu qoida tatbiq etilmaydigan shaxslar toifasi ro‘yxati kengaytirildi. Ro‘yxatga quyidagilar qo‘shildi:

nafaqa oluvchilar - pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalar va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolar, bolalikdan nogironligi mavjud shaxslarning onalari, bolalikdan nogironligi mavjud shaxslar, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar, shuningdek, I yoki II guruh nogironligi mavjud shaxslar;

o‘zganing parvarishiga muhtoj bo‘lgan oila a'zosini parvarish qilayotganlar;

tuman (shahar) aholi bandlikka ko‘maklashish markaziga ish qidiruvchi sifatida rasmiy murojaat qilgan fuqarolar (ilgari ro‘yxatda faqat ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolar mavjud bo‘lgan);

beshinchidan, MHEKM joriy etilishi munosabati bilan Oilaning shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligi yuritishdan oladigan normativ daromadini hisoblash metodikasiga ham tuzatishlar kiritildi;

oltinchidan, O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironlarni bepul ta'minlash uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarining ro‘yxati kengaytirildi. Endi muhtoj bo‘lganlarning ushbu toifasi boshqalar qatori, quyidagilarni ham oladilar:

bir marta ishlatiladigan steril niqob;

bir marta ishlatiladigan steril qo‘lqoplar;

suyuq yoki gel holidagi antiseptik;

antibakterial sovun.

Hujjat 21.05.2020 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: