Koronavirusga chalingan erkak sog‘aygach tanib bo‘lmas darajaga keldi 

Jahon 11:01 / 27.05.2020 81936

12 mart kuni 43 yoshli Kim Vay Lida koronavirus alomatlari paydo bo‘lgan. U deyarli 2 hafta sun'iy komada bo‘lgan. 1,7 metr bo‘yga ega Li shifoxonaga tushguncha 95 kg tosh bosgan. Erkak davolanib uyiga qaytganda 63,5 kg kelgan va uyidagi barcha shimlari unga holpillab qolgan.

“Men ko‘zguda qancha vazn yo‘qotganimni ko‘rgach o‘zimni tanimadim”, deb aytgan Li. Uning rafiqasi va ikki farzandi ham Lining qanchalik o‘zgarib ketganidan hayratga tushishgan. Kasallikdan keyingi dastlabki vaqt u juda kuchsiz bo‘lib, hattoki mustaqil ravishda dush qabul qilish yoki tanovul qilishga ojiz bo‘lgan. Biroq u kun sayin kuchga kirib, unga vazn yo‘qotishi tuhfa qilgan ikkinchi imkoniyatni qadrlamoqda.

Li unda koronavirusning og‘ir kechishida ortiqcha vaznni ayblagan. U shifoxonaga yotqizilgungacha ortiqcha vazn sababli yuqori qon bosimidan aziyat chekkan, biroq hozirda u bu muammodan forig‘ bo‘lgan. “Men vaznimni shu darajada saqlab qolmoqchiman. Men avval qon bosimidan tabletkalar qabul qilardim, hozir esa u me'yorida”, deb ta'kidlab o‘tgan Li.

U koronavirusga chalinganini hayotining qayg‘uli damlari sifatida qabul qilmasligini, balki buni unga berilgan ikkinchi imkoniyat deb hisoblashini aytgan.  

Ko‘proq yangiliklar: