Gretsiyada aholi koronavirusga qarshi sildan himoyalovchi vaksina bilan emlanadi

Jahon 22:30 / 27.05.2020 4219

Ushbu vaksinaning koronavirusga qarshi qo‘llanishini dori vositalari bo‘yicha milliy agentlik ma'qullagan. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi. 

Emlashni Afina milliy universitetining “Attikon” shifoxonasi o‘tkazadi. Neakriti portalining ta'kidlashicha, shunday emlash dasturlari hozirda Avstraliya, Germaniya va Niderlandiyada ham o‘tkazilmoqda.

Ta'kidlanishicha, BsJning respirator kasalliklarga qarshi samarali ekani oxirgi 3 yil davomida o‘tkazilgan tadqiqot doirasida isbotlangan. Olimlar ushbu vaksina bilan emlangan odamlarda nafas yo‘llari infeksiyalari rivojlanishi xavfi 80 foizga past bo‘lishini aniqlashgan. 

Mutaxassislarning fikricha, vaksina koronavirusga chalinish xavfi guruhiga kiruvchi odamlarni himoyalash imkonini beradi.

“Maxsus vaksina bo‘lmaganda jamoaviy immunitetni silga qarshi vaksina kabi umumiy himoyani ta'minlovchi vaksinalar yordamida rivojlantirish mumkin”, deb aytgan Afina milliy universitetining patologiya va infeksiyalar bo‘yicha professori Evangelos Yamarellos.

Ayni vaqtda dunyoda koronavirusga qarshi 100 dan ko‘proq vaksina ustida ish olib borilmoqda. Ulardan 10 tasi ayni vaqtda AQSh, Xitoy, Britaniya va Germaniyada klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: