2GIS onlayn-vitrinalarni ishga tushirdi

Jamiyat 09:00 / 27.05.2020 5829

Endi har qanday tashkilot o‘z kartasida, 2GIS shaxsiy kabineti orqali, mahsulotlar ro‘yxatini narxlari bilan joylashtira oladi. Boshqalardan ajralib turishni istaganlar, «Vitrina» imkoniyatidan foydalanishlari mumkin. Kartadagi mahsulotlar yana – fotosurat, tavsif va «Buyurtma» tugmachasi bilan to‘ldiriladi va foydalanuvchilar kartani ochgandan so‘ng darhol eng yaxshi takliflarni ko‘rishadi.

Umumiy ovqatlanish joylari, til maktablari, boshqa ta'lim xizmatlari va xizmat ko‘rsatish muassasalari uchun, pullik «Vitrina» vositasi iyun oxirigacha bepul taqdim etiladi.

Endi 2GIS da tashkilot kartasining har uchinchi ochilishi tashkilotga qo‘ng‘iroq murojaati bilan yakunlanmoqda. Aprel oyining birinchi yarmida, tashkilot kartalaridan messendjyerlarga o‘tish soni 20% ga oshdi va kartada fotosuratlari bo‘lgan tashkilotlar foydalanuvchilar e'tiborini 10% ga ko‘proq jalb etmoqda.

Foydalanuvchilar uchun xizmatning onlayn shakli mavjud, mobil ilovani esa bepul yuklab olish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: