24 may kuni Katta Farg‘ona kanaliga tushib ketgan namanganlik yigit hanuz topilmayapti

Jamiyat 01:30 / 27.05.2020 12872

24 may Namangan shahridagi «Sohil» oshxonasida ishlovchi 20 yoshlar atrofidagi Muzaffar ismli yigit oshxona oldidagi Katta Farg‘ona kanaliga tushib ketganicha qaytib chiqmagan.

«Qidiruvga berilgan. Mana, shuncha kun o‘tdi hamki, u topilmayapti.  Iltimos, buni yoriting, onasi juda yomon ahvolda», deb xabar berdi uning qarindoshlaridan biri.

Yo‘qolgan yigitning qarindoshi ma'lum qilishicha, Muzaffar hali uylanmagan, yolg‘iz onasi bilan istiqomat qilib kelayotgan ekan. Bir akasi ayni damda Rossiyada mehnat muhojirligida.

U kunduzi soat 11lar atrofida suvga tushgan. O‘sha kuni u 3 marta osh damlagan, qizib ketgan va sovish uchun kanalda cho‘milgan. Yonida bir bola ham bo‘lgan, u voqeaga guvoh bo‘lib, boshqalarni yordamga chaqirgan.

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan ushbu vaziyatga jiddiyroq e'tibor berishlarini so‘rab qolamiz.

Ko‘proq yangiliklar: