Jonli ijro asosida o‘tkazilgan konsert dasturlari uchun ijara to‘lovidan 50 foiz chegirma beriladi 

Jamiyat 22:13 / 26.05.2020 3157

Farmonga muvofiq, Madaniyat vazirligi va boshqa davlat organlari tomonidan davlat tadbirlari va boshqa tadbirlarga ijodkorlar va ijrochilarning jamoatchilik asosida jalb qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Maktabgacha ta'lim vazirligi va Xalk ta'limi vazirligi 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab notalar to‘plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlarni Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan chop etilishini va ularning ta'lim muassasalariga to‘liq yetkazilishini ta'minlaydi.

2020 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi konsert, madaniyat saroylari va boshqa muassasalarda to‘liq jonli ijro asosida o‘tkazilgan konsert dasturlari uchun ijara to‘lovidan 50 foiz chegirma berish tartibi joriy etiladi. 

Qayd etilishicha, San'atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi tashkil etiladi.

Palata faoliyatining dastlabki bosqichlarida uni qo‘llab-quvvatlash uchun Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘m ajratiladi.

Ko‘proq yangiliklar: