Chernogoriya Yevropada koronavirusga chalinganlar to‘liq sog‘aygan ilk davlat bo‘ldi

Jahon 19:36 / 25.05.2020 5388

Bu haqda Chernogoriyaning jamoat sog‘lig‘ini saqlash instituti tvitterda ma'lum qilgan.  

“Rasman: ayni vaqtda Chernogoriyada koronavirusga chalinish holatlari mavjud emas. Chernogoriyada birinchi holat qayd qilingandan 68 kun o‘tib koronavirusga chalingan birorta bemor yo‘q”, deyilgan xabarda.  

Ta'kidlanishicha, 24 may kuni mamlakatda koronavirusni tekshirish uchun olingan 140 namunaning tahlili yakunlangan, ular orasida birorta musbat natija qayd qilinmagan.

Aholisi 630 ming kishilik Chernogoriya Yevropaning koronavirus yetib borgan oxirgi davlati bo‘lgandi. Mamlakatda ilk kasallanish holati 17 mart kuni qayd qilingan. Shu vaqt ichida mamlakatda umumiy hisobda 324 kishi koronavirusga chalingan, ulardan 9 kishi vafot etgan, 315 kishi sog‘ayib ketgan.  

Ko‘proq yangiliklar: