Toshkent va Samarqandda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi

O‘zbekiston 17:03 / 23.05.2020 65673

«Joriy yil 23 may soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3089 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining ikkitasi xorijdan kelganlar bilan bog‘liq. Dubay-Toshkent yo‘nalishidagi charter reysda kelgan 1 kishida va Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida virus aniqlangan.

Yana 9 holatda aholi orasida virus qayd etilgan, jumladan, 2 holatda Toshkentda, 7 holatda esa Samarqandda aholi orasidan aniqlandi.

Bugun hozircha 53ta yangi zararlanish holati aniqlandi va 33 bemor sog‘aydi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 2525 nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘aydi. Hozirda shifoxonalarda 551 nafar bemor davolanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: