Maktablarda o‘qituvchilar tomonidan yuritiladigan hujjatlar soni bittagacha kamaytiriladi

O‘zbekiston 10:53 / 23.05.2020 26404

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritish haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.

Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma 15-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“sinf jurnali (bosma yoki elektron);”

15-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari chiqarib tashlanadi.

Ya'ni, umumiy o‘rta ta'lim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan faqat sinf jurnali (bosma yoki elektron) yuritilishi belgilab qo‘yiladi. 

Hozirda pedagog xodimlar tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi:

sinf jurnali;

yillik taqvim-mavzuiy reja;

kundalik dars ishlanmalari (konspekt) daftari.

Bundan tashqari, yillik taqvim-mavzuiy reja hamda kundalik dars ishlanmalari (konspekt)ni elektron shaklda yuritilishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘rindoshlik va soatbay asosida dars berayotgan, ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimning mehnat vazifalarini o‘zining asosiy ishi bilan birgalikda qo‘shimcha ravishda bajarayotgan pedagog xodimlarga o‘quv-tarbiya jarayoni bilan birgalikda unga mos koeffitsiyentdagi o‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta'minoti va tashkiliy-pedagogik jarayon uchun ajratilgan soatlarga ham haq to‘lanishi chiqarib tashlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: