Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda bemorlar tuzala boshladi, Qozog‘iston karantindan chiqmoqda
So‘nggi bir kunda Tojikistonda 210 kishida koronavirus aniqlandi va mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari soni 2 350taga yetdi. Qozog‘istonda esa koronavirusga chalinganlar soni 7 mingdan oshgan.

21 may kuni Tojikistonda 3 kishi koronavirus sabab vafot etgan va kasallik qurbonlari soni 44 nafarni tashkil qilmoqda. Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori o‘lim ko‘rsatkichi hisoblanadi.
20 maydan boshlab Tojikistonda koronavirus bemorlari tuzalishni boshladi. Shu kuni 470 bemor tuzalgan bo‘lsa, 21 may kuni virusdan tuzalganlar soni 1 008 nafarga yetdi. Ayni damda virus yuqtirganlar bilan aloqada bo‘lgan 3 592 kishi shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.
23 apreldan buyon omma oldida ko‘rinish bermayotgan prezident Imomali Rahmon OAVda yana ko‘rinish berdi. U Dushanbe meri hisoblangan o‘g‘li Rustam Imomali bilan birga poytaxtdagi vaqtincha kasalxona vazifasini o‘taydigan obektlarni borib ko‘rdi. Prezident binolarni himoya niqobida ko‘zdan kechirdi.
Qozog‘istonda koronavirus yuqtirganlar soni 7 234 nafarga yetdi. So‘nggi bir kunda mamlakatda 265 kishida virus aniqlandi. Virusdan tuzalganlar soni esa 3 843 nafarni tashkil etmoqda. Eng ko‘p kasallanish holati Olma-Ota (1 966) va Nur-Sultonda (1 403) qayd etilgan.
Bugun Qozog‘istonga Qatardan gumanitar yordam olib kelindi. 8,5 tonna miqdordagi yordam tibbiyot vositalaridan iborat bo‘lgani va u shaxsan Qatar amiri shayx Tamim ibn Hamad topshirig‘i bilan yuborilgani ma'lum qilindi.
Qozog‘istonda 21 may kuni ikki kishi jonlantirish bo‘limidan oddiy palataga o‘tkazildi. Umumiy hisobda 112 kishi og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgach, ahvoli yaxshilanib oddiy palataga qaytarilgan.
Mamlakatda karantin choralarini yumshatish davom ettirildi. 25 may kunidan Olma-Otada kafe va restoranlarni ochish boshlanadi. Ovqatlanish shoxobchalarida karantin qoidalariga to‘liq rioya qilish talab etiladi. Bitta stolda ko‘pi bilan to‘rt kishi o‘tirishi mumkin. Stollar orasi esa kamida 2 metr bo‘lishi belgilangan. Ish vaqti soat 23:00gacha. Shuningdek, shahardagi barcha mehmonxonalar ochilgan.
Sharqiy-Qozog‘iston viloyatida 23 maydan bolalar bog‘chalari faoliyati tiklanadi. Olma-Otada bugundan sartaroshxona va go‘zallik salonlari ham ishlashni boshladi. Ular sanitar talablariga javob berishi va infoalmaty.kz saytida ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Qozog‘istonda karantin qoidalarini buzganlik uchun jazodan rasmiylar ham qutula olmayapti. Olma-Ota hududiga kiruvchi Panfilovo tumani prokurori Sayan Shalgimbayev saunada do‘stlari bilan dam olayotgani tasvirlangan video internetda tarqaldi. Kadrda Kerbulak tumani sud raisi ham ko‘ringan. Ularning ikkisi ham ishdan bo‘shatilgani aytilmoqda.
Qirg‘izistonda 21 may kuni 43 kishida koronavirus aniqlandi va kasallik yuqtirganlar soni 1 313 kishiga yetdi. Kun davomida 19 kishi tuzaldi. Pandemiya boshlangandan buyon 929 kishi koronavirusdan tuzaldi. Ayni damda 370 kishi davolanmoqda va ularning 5 nafari og‘ir avholda ekani aytilgan. Shu vaqtgacha Qirg‘izistonda 14 kishi koronavirus qurboni bo‘ldi.
Mamlakat poytaxti Bishkekda 25 maydan sportzallar, trenajyor va basseynlar faoliyati tiklanishi ma'lum qilindi. Ammo kontaktli sport turlari bilan (futbol, basketbol, kurash turlari, boks) shug‘ullanuvchilar faoliyati hozircha tiklanmaydi.
Markaziy Osiyoning yana bir davlati Turkmanistonda hamon rasman koronavirusdan zararlanish holatlari tasdiqlanmagan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06
-
Renault Fransiya prezidenti uchun zirhli Rafale ishlab chiqardi
Fan-texnika | 17:31
-
3–6 yoshli bolalar uchun «Ilk rivojlanish markazi» tashkil etiladi
Jamiyat | 17:13
-
Uzum ta’minotchilar uchun sahifani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 16:50
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025