Markaziy harbiy okrug bo‘linmasi ekstremal sharoitda maxsus vazifani bajardi 

O‘zbekiston 18:43 / 22.05.2020 8342

Dastlab, bo‘linma shaxsiy tarkibi harbiy texnikada notanish bo‘lgan tog‘li hududga olib kelindi. Birinchi galda harbiy xizmatchilar tomonidan o‘zlari turgan joy va shartli dushman obektigacha bo‘lgan masofa va yo‘nalish aniqlab olindi. Suvli to‘siqdan o‘tish vaqtida bo‘linma uchta kichik guruhga bo‘linib, harakatlandi. Shovqinsiz, imo-ishoralar va shartli signallar orqali hamda talofatsiz belgilangan vaqtda marraga yetib borgan shaxsiy tarkib ikkinchi bosqich mashg‘ulotiga jalb qilindi. 

Muntazam tayyorgarlikka ega harbiylar sun'iy jihozlangan dushman obektida harakatlanib, qurolli bosqinchilar bilan yaqin masofada jang olib bordi.  

Oldindagi asosiy vazifa begunoh asirlarni qutqarish va to‘satdan paydo bo‘lgan xavfning oldini olish bo‘ldi. 

Maxsus mashqlarni bajarish davomida ko‘p yillik xizmat tajribasiga ega bo‘lgan ofitser va serjantlar rahbarlik qildi.

Ko‘proq yangiliklar: