Alisher Usmonov Zangiotada ehtiyojmand oilalarga 2,5 milliard so‘m xayriya qildi

O‘zbekiston 16:06 / 22.05.2020 6451

Rossiyalik tadbirkor, asli kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonov Hayit bayrami arafasida Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi ehtiyojmand oilalarga 2,51 milliard so‘m miqdoridagi moddiy yordam ajratdi. Bu haqda «Xalq so‘zi» nashri ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, Zangiota tumanidan 1004 ta ehtiyojmand xonadon yo‘qlangan. Bunda yakka-yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan, nogironlari bor oilalar tanlab olingan. Ajratilgan mablag‘lardan har bir oilaga qariyb 2,5 million so‘mdan taqsimlab berilgan.

Bundan avvalroq, asli o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi 1000ta ehtiyojmand oilaga 2,5 mlrd so‘m, Namangan viloyatida 5000ga yaqin oilaga 12,5 mlrd so‘m ajratgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: