Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Retsept yozish talablarini buzganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilanadi
Jinoyat kodeksi va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Foto: 24.kg
Qonun loyihasida MJtKni “59-2-modda. Retseptlar yozish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzish” moddasi bilan to‘ldirish ko‘zda tutilmoqda.
Unga asosan, tibbiyot xodimlari tomonidan dori vositalariga (bundan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan, shuningdek, tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan moddalar mavjud dori vositalari mustasno) retseptlar yozish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzganlik yoki retseptlarni soxtalashtirganlik uchun –
- BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima belgilash taklif etilgan.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, –
- BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.
Bundan tashqari, Jinoyat kodeksini “228-2-modda. Retseptlar yozish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzish” moddasi bilan to‘ldirish ko‘zda tutilmoqda.
Unga ko‘ra, tibbiyot xodimlari va boshqa shaxslar tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan, shuningdek, tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan alohida dori vositalarni olish huquqini beruvchi retseptlarni yoki boshqa hujjatlarni soxtalashtirishganlik uchun –
- BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 150 soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan yoki 6 oygacha axloq tuzatish ishlari jazosini belgilash taklif etilgan.
Bildirilishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi shifokor retsepti bo‘yicha beriladigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar, kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalariga retseptlar yozish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarning buzilish holatlariga barham berish imkonini beradi.
Shuningdek, dori vositalari realizatsiyasini oshirish maqsadida zarur bo‘lmagan dori vositalarini yozib berish amaliyotiga barham beradi, aholining sog‘lig‘ini saqlashni ta'minlash, aholining shifokor ko‘rsatmasisiz davolanishi va dori vositalarining nojo‘ya ta'sirlarini oldini olish, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratishga zamin yaratadi.
Qayd etilishicha, xalqaro tajribani o‘rganish natijalari MDH davlatlaridan Rossiya, Gruziya, Belarus, Ukraina, Moldova va Qozog‘iston kabi davlatlarda dori vositalarini olish huquqini beruvchi retseptlarni yoki boshqa hujjatlarni soxtalashtirganlik uchun javobgarlik mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Ushbu davlatlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan, dori vositalar faqat retsept orqali belgilangan tartibda realizatsiya qilinishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Marsning Yerdagi eng katta parchasi 5,3 million dollarga sotildi
Jahon | 22:00
-
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57
-
“Vagner”ga yollangan o‘zbekistonlik jinoiy jazoga tortildi
Jamiyat | 21:37
-
Tramp Coca-Cola retseptini o‘zgartirishni talab qildi, kompaniya bunga rozi
Iqtisodiyot | 21:30
Mavzuga oid

16:22 / 20.05.2025
Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirildi

15:39 / 29.04.2025
Ekstremizmni moliyalashtirish Jinoyat kodeksiga kiritiladi

14:03 / 11.12.2024
Ommaviy tartibsizliklar tashkil qilishga tayyorgarlik ko‘rganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda

20:58 / 04.11.2024