Birlamchi bozordan uy sotib olganda to‘lanadigan 5 foizlik stavka bekor bo‘ldi

O‘zbekiston 10:38 / 21.05.2020 26106

Prezident 20 may kuni «Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida» Qonunni (O‘RQ-619-son, 20.05.2020 y.) imzoladi.

Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mulk sotib olinganda mol-mulkning oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun shartnoma summasining 5 foizi miqdordagi davlat bojining alohida stavkasi chiqarib tashlandi.

Ushbu qonun rasman e'lon qilingan kundan, ya'ni 21 maydan e'tiboran kuchga kiradi.

Endilikda yangi uy olayotganlar uyni rasmiylashtirishda uy narxining 5 foizi miqdorida emas, 100 kv.m.gacha bo‘lgan uylar uchun 223 ming so‘m davlat boji to‘lashi kerak bo‘ladi xolos. 100-200 kv.m. uchun 446 ming so‘m, 200 kv.m.dan oshiq bo‘lsa, 669 ming so‘m to‘lanadi.

Ushbu qonun loyihasi shu yil martida muhokama uchun qo‘yilgandi.

11 may kuni senatorlar «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi» qonunni ma'qullashgandi.

Ko‘proq yangiliklar: