Toshkent viloyatining ayrim yo‘llaridagi beton plitalar Sardobaga olib ketilmoqda

O‘zbekiston 18:38 / 19.05.2020 18723

Ma'lum bo‘lishicha, olib tashlanayotgan beton plitalar Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi qurilish ishlarida foydalaniladi.

Bu haqda ushbu ishlarni amalga oshirayotgan korxona – «Yo‘llardan foydalanish» UK vakili D.Mirzakimovga iqtibos keltirgan holda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lum qildi.

Xabar berilishicha, Piskent tumani «Namuna» MFY hududidagi mazkur ishlarning buyurtmachisi – Toshkent viloyati «Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati» davlat unitar korxonasi bo‘lib, qurilish qiymati 783 million so‘mni tashkil etadi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

«Vazirlar Mahkamasining 32-sonli bayonnomasi ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan mazkur ishlar doirasida 300 metr yo‘lning har ikki tomoniga jami 16ta temir beton ustunlari ham o‘rnatilib, yoritish chiroqlari bilan ta'minlanadi», – deyiladi xabarda.

Avvalroq, 1 may kuni «Sardoba» suv ombori to‘g‘oni buzilgach, Toshkent shahri ko‘chalarida YXHB tomonidan karantin vaqtida yo‘llarni to‘sish uchun foydalanilgan 2,4 mingdan ortiq beton bloklar 2 mayga o‘tar kechasi Sirdaryo viloyatiga tashilgani ma'lum bo‘lgan edi.

«Dambani to‘sish uchun. 120ta katta-katta yuk mashinalari kechasi bilan tashidi», – degandi poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Ko‘proq yangiliklar: