Joriy yilning 18 may kuni soat 14:50larda, Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani, O‘qchi mahallasi hududidan o‘tgan 4R-154 “Qo‘qon-Yaypan-Isfara” avtomobil yo‘lining 12-km.da yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1998 y.t. I.M. “Vaz-21011” rusumli transport vositasi tezligini me'yoridan oshirgan holda boshqarayotib, to‘satdan yo‘lga yugurib chiqqan piyoda, 2017 y.t. E.T.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.
Natijada, piyoda, voyaga yetmagan 3 yoshli E.T. (o‘g‘il bola) og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan O‘zbekiston tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Barcha haydovchilardan yo‘llarda piyodalarga e'tiborli bo‘lishlarini, ota-onalar yosh bolalarni qarovsiz qoldirmasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.