Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XVJ O‘zbekistonga 375 million dollar ajratishni tasdiqladi
Xalqaro valuta jamg‘armasi direktorlar kengashi joriy yilning 18 may kuni Koronavirus pandemiyasining O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga salbiy ta'sirini yumshatish uchun O‘zbekiston Respublikasiga 375 million AQSh dollari ekvivalentidagi imtiyozli qarz mablag‘lari ajratilishini tasdiqladi.

Foto: Shutterstock
Mazkur mablag‘lar Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasini to‘ldirishga yo‘naltiriladi.Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorovning Twitter akkauntida xabar qilgan.
Xalqaro Valyuta Jamg’armasi Direktorlar kengashi 2020 yilning 18 may sanasida Koronavirus pandemiyasining O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini yumshatish uchun 375 million AQSH dollari ekvivalentidagi imtiyozli qarz mablag’lari ajratilishini tasdiqladi
— Jamshid Kuchkarov (@KuchkarovJA) May 18, 2020
«XVJ tomonidan imtiyozli qarz mablag‘larini ajratishda an'anaviy ravishda mamlakatdagi makroiqtisodiy vaziyat va davlat qarzi bilan bog‘liq xatarlar tahlil qilindi», – deb yozgan vazir.
XVJ tomonidan e'lon qilingan hisobotda koronavirus pandemiyasining respublika iqtisodiyotiga salbiy ta'siri natijasida YaIMning o‘sish sur'atlari 1,5 foizgacha pasayishi prognoz qilingan. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasining davlat qarziga xizmat ko‘rsatish salohiyati yuqori darajada saqlab qolinayotgani ta'kidlab o‘tilgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining global inqiroz va Koronavirus pandemiyasining milliy iqtisodiyotga ta'sirini kamaytirish bo‘yicha olib borayotgan siyosatlari xalqaro moliya institutlaridan imtiyozli tashqi qarz jalb qilishda qulay imkoniyatlar bermoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Markaziy bank dunyodagi eng yirik bank vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazdi
O‘zbekiston | 14:17
-
Germaniya va AQSh mudofaa vazirlari Ukrainaga qurol yetkazib berish masalasini muhokama qildi
Jahon | 13:43
-
Xitoy O‘zbekistondagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilyapti
Iqtisodiyot | 13:39
-
Latviya Rossiyaning biometrik bo‘lmagan xorijga chiqish pasportlarini tan olmaydi
Jahon | 13:39
Mavzuga oid

15:56 / 16.07.2020
XVJ jahon iqtisodiyoti xavf ostida qolayotganligini bildirdi

17:32 / 19.06.2020
Lukashenko XVJ koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha nomaqbul talablarni qo‘yganini aytdi

17:40 / 20.05.2020
Xalqaro valuta jamg‘armasi rahbari Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

16:43 / 13.05.2020