Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent farmatsevtika instituti Hazorasp filiali tashkil qilinadi
Xorazm viloyati Hazorasp tumanini 2020 - 2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari qabul qilinadi.

Foto: Toshkent farmatsevtika instituti
Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyati Hazorasp tumanini 2020 — 2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Qayd etilishicha, Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari bilan birgalikda “Xorazm viloyati Hazorasp tumanini 2020-2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi” ishlab chiqilgan.
Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:
Hazorasp tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ish bilan ta'minlanish darajasi va farovonligini oshirish;
Hazorasp tumanida barcha xizmatlarni o‘z ichiga olgan zamonaviy logistika markazini tashkil etish;
hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan, yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarini ishga tushirish;
hududning tabiiy va iqlim sharoitiga xos bo‘lgan chorvachilik va baliqchilik sohalarini rivojlantirish;
yo‘l-transport infratuzilmasini va telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish;
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini ichimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta'minlash hamda boshqa ijtimoiy-maishiy xizmatlar ko‘rsatish darajasini yaxshilash;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va ularni qayta ishlash darajasini oshirish, shuningdek, xorijiy tajriba asosida chorvachilikni rivojlantirish.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi “O‘zshaharsozlikLITI” DUKni jalb etgan holda, 2020 yilda Hazorasp tumani Hazorasp shaharchasining chegara loyihasini ishlab chiqilishini va qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanishini, shuningdek aholi punktida birinchi navbatda qurilishi zarur bo‘lgan qismlarining batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqilishini ta'minlaydi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi tuman aholisini uzluksiz toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida yangidan “suv tozalash inshooti” tashkil qilish hamda Hazorasp shaharchasiga oqava suv tizimini qurish uchun 2020-2022 yillarda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan loyiha-smeta hujjatlari asosida mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda 2020 yil avgust oyigacha tuman hududida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yaroqsiz hosildorligi past bo‘lgan yer maydonlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlari toifasidan chiqarishni ta'minlaydi.
Suv xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda tuman hududida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarida har yili 500 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy qilish choralarini ko‘radi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Humoyun Hilola” fermer xo‘jaligi tomonidan 60 gektar maydonda tashkil qilinadigan issiqxona loyihasini amalga oshirish uchun 44 ball bonitetli yer maydonidan issiqxona qurilishini amalga oshirish uchun yer maydoni ajratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda Hazorasp tumanidagi avval xususiylashtirilgan davlat obektlari, shuningdek boshqa bo‘sh turgan yer maydonlari va bino-inshootlar holatini to‘liq xatlovdan o‘tkazadi.
Xatlov natijalariga ko‘ra, ikki hafta muddatda obektlardan samarali foydalanish yoki foydalanmay turgan obektlarni belgilangan tartibda mahalliy hokimlik balansiga o‘tkazish yoki qaytarib olish choralarini ko‘radi.
Tuman hokimiga, istisno tariqasida 2022 yil 1 yanvarga qadar Xorazm viloyati hokimligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladigan quyidagi huquqlar:
a) auksion savdolarisiz, investor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish orqali sug‘oriladigan ekin yerlar toifasiga kirmaydigan, lekin qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi yerlari toifasiga kiradigan yer uchastkalaridan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish;
b) chet el investorlari bilan investitsiya shartnomalari tuzishda qonun hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shimcha soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalarini berish talabi qo‘yilmagan taqdirda chet el investitsiyasi ulushi bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ruxsat beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, ChEKI “Savdogarbank”, Hazorasp tumani hokimligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-sonli qarori asosida tumanda davlat xususiy sherikchilik asosida 670 o‘rinlik 5 ta maktabgacha ta'lim muassasasini 2020 yil yakuniga qadar ishga tushirilishini va 275 o‘rinlik 3 ta maktabgacha ta'lim muassasasiga zarur bo‘lgan kredit mablag‘larni ajratish choralarni ko‘radi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘alchilikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta ta'lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xamda Xorazm viloyat hokimligi:
Hazorasp tumani Sanoat qishlog‘i, “Sanoat” mahallasida joylashgan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga qarashli eski tibbiyot kolleji binosi negizida Hindiston, Rossiya hamda farmatsevtika sohasi rivojlangan Yevropa davlatlarining malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda Toshkent farmatsevtika instituti Hazorasp filialini tashkil qilish bo‘yicha taklifiga rozilik beriladi va bir oy muddatda Toshkent farmatsevtika instituti Hazorasp filialini tashkil qilish bo‘yicha hukumat qaror loyihasini ishlab chiqib belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27
-
"Yashil" tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 15:19
-
Tramp Rossiya bo‘yicha «muhim bayonot» berishini aytdi
Jahon | 14:49
-
Reuters: AQSh Trampning buyrug‘i bilan birinchi marta Ukrainaga qurol yuboradi
Jahon | 14:46
Mavzuga oid

16:38 / 18.03.2025
Xorazm viloyatining uchta tumanida hokim o‘zgardi

15:24 / 19.08.2024
“Sud o‘tguncha, g‘o‘za qurib qoladi” - Xorazmda fermer va HETK o‘rtasidagi nizo hosilga tahdid solmoqda

07:33 / 13.10.2023
Elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro davlatga 520 million so‘m zarar yetkazdi

18:30 / 07.11.2022